Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 24-apreldagi PQ-2922 - sonli qarorining 2-ilovasi ijrosini taʼminlash maqsadida, koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarda bolalar va sport maydonchalari tashkil etilmoqda.

Bunday maskanlar nafaqat bolalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, balki salomatligini mustahkamlash, ularni jismonan chiniqishi ham muhim ahamiyatga ega. Har bir maydonchada oʻnga yaqin oʻyin qurilmasi oʻrnatilgan boʻlib, bunday maskanlarning texnik holati, tozaligi mahalla tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi, yaroqsiz holga kelgan oʻyin qurilmalari esa yangilanadi.

Maʼlumot uchun: “Koʻp xonadonli uylarni mukammal va joriy taʼmirlash hamda issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK Fargʻona viloyat hududiy filiali tomonidan Fargʻona viloyatining shahar va tumanlaridagi koʻp xonadonli uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha:

2019-yilda jami 115 dona bolalar maydonchasi qurish, 36 dona bolalar maydonchasini taʼmirlash, 1216 p/m irrigatsiya tizimini yaxshilash, 24 852 m2 trotuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, 308 dona tashqi yoritish tizimini taʼmirlash ishlari;

2020-yilda jami 34 dona bolalar maydonchasi qurish va taʼmirlash, 6 600 m2 tratuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, 142 dona tashqi yoritish tizimini taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, joriy yilda jami 37 dona bolalar maydonchasi qurish, 8 427 m2 tratuarlarni beton qoplamasi bilan qoplash, 74 dona tashqi yoritish tizimini taʼmirlash ishlari amalga oshirish rejalashtirilgan.

Fargʻona viloyati Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish

boshqarmasi Axborot xizmati