баннер
25 Apr 2025
12:47

    Fargʻonadagi “Eski Yevropa” qabristoni buzib tashlanyaptimi?

    Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyatida joylashgan “Eski Yevropa“ qabristoni buzib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarlarga Madaniy meros agentligi munosabat bildirdi.

    Madaniy meros agentligi Fargʻona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan vaziyat oʻrganilganda Fargʻona shahrining Iftixor koʻchasida joylashgan mazkur nasroniy qabristonidan 1974-yildan buyon foydalanilmayotgani aniqlangan.

    Maʼlumotlarga koʻra, viloyat obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan bahor fasli kelishi munosabati bilan qabriston maydonida bagʻrikeng Oʻzbekiston xalqining ezgulik tamoyillariga asoslangan har yillik tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borilgan.

    Agentlikning ma'lum qilishicha, mazkur qabristonning buzilishi haqidagi xabarlar mutlaqo hech qanday asosga ega emas.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech