Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.
Mazkur universitet sunʼiy intellektga ixtisoslashgan dunyodagi ilk universitet boʻlib, QS xalqaro reytingiga koʻra, SI yoʻnalishida dunyoning Top-10 universitetlari qatoridan joy olgan.
Otabek Komilovga taqdim etilgan grant miqdori yiliga 45 ming AQSH dollarini, 4-yillik taʼlim davri uchun esa jami 180 ming AQSH dollarini tashkil etadi.
Oʻquvchining erishgan yutuqlari orasida IELTS imtihonidan 7 ball natija, Amerika matematika olimpiadasi (AMC) milliy bosqichida oltin medal, Janubi-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO) milliy bosqichida oltin medal hamda V2E nomli sunʼiy intellekt loyihasiga asos solgani aytilgan.
Mazkur yutuq Prezident maktablari oʻquvchilarining xalqaro miqyosda raqobatbardosh bilim va salohiyatga ega ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.