Joriy yilning 26-31 oktyabr` kunlari Bangladeshda sport gimnastikasi bo'yicha bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Farg'onalik bir guruh sportchilar qatnashib, nufuzli o'rinni qo'lga kiritdi.
Xususan, Farg'ona shahrida istiqomat qilib keluvchi 17 yoshli Inomov Izattilo ushbu musobaqada 4 ta oltin 2 ta bronza medalni qo'lga kiritib yurtimiz bayrog'ini shohsupaning yuksak pog'onasiga ko'tardi.
Izzatillo Inomov ushbu musobaqada 4 ta oltin medaldan bittasini jamoaviy kurashda qo'lga kiritgan bo'lsa, qolgan 3 tasini sportning «YAkka kurash» «Halqa» va «Bryus» turlari bo'yicha yuqori natijalarni egallab qo'lga kiritdi. Qolgan 2 ta bronza medalni sportning otda va yakkacho'pda harakatlanib mashq bajarishi orqali olgan Izzatilo 2011-yildan beri sport gimnastikasi bilan shug'ullanib keladi.
10 yil davoida 9 marta O'zbekiton chempioni va uch marta O'zbekiston chempioni bo'lgan. Musobaqaga Farg'ona shahridagi Gimnastika sport maktabida tayyorgarlik ko'rgan.
Ayni damda Izzatillo Farg'ona shahridagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinfida tahsil oladi.
SHermuhammad Dehqonov