Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Nosozlik oqibatida Uchkoʻprik, Bagʻdod va Buvayda tumanlari isteʼmolchilari qisman (4 900 ta) elektr taʼminotidan uzilgan.

"Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nosozlik soat 16:00 ga qadar toʻliq bartaraf qilinadi.

Shu bois ayni paytda elektr taʼminotidan uzilgan isteʼmolchilarni boshqa manbalar orqali elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda, deyiladi xabarda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraldi.