Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Chirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashi raisi oʻrinbosari Ravshan Dastirov, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, mayor Shahboz Muhamedjanov, qutqaruvchilar, harbiy xizmatchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Chirchiq shahar hokimi S.Yusupov, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Sh.Muhamedjanovlar mamlakatimiz tinchligi va xotirjamligi, osoyishtaligi yoʻlida doimo sergak, shay turgan jasur, mard qutqaruvchilarni kasb bayrami bilan tabrikladi.

Tadbir doirasida yosh avlodni vatanparvarlik va fidoyilik ruhida tarbiyalash, ularning bu sohaga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida maktab oʻquvchilari hamda bir guruh uyushmagan yoshlarga favqulodda vaziyatlarga qarshi chora-tadbirlarni tezkor va samarali amalga oshirish uchun eng ilgʻor asbob-uskunlar, maxsus transport va texnikalar, qutqaruv avtomashinalari yaqindan tanishtirildi.

Chirchiq shahar hokimligi tomonidan Favqulodda vaziyatlar boʻlimining bir guruh fidoyi xodimlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.