Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.O. va B.U. Ulugʻnor tumanidagi “U.sh.” fermer xoʻjaligi rahbari bilan xoʻjalik yer maydonida sherikchilik asosida tadbirkorlik bilan shugʻullanish uchun muxr va boshqa hujjatlarini qoʻlga kiritib, fuqaro F.O.ga ushbu fermer xoʻjaligiga qarashli 4 gektar bogʻdorchilik yer maydonini rasmiylashtirib olib berish evaziga 148,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.