баннер
22 Mar 2025
03:57

    Fermerlarning 1 trillion soʻmlik soliqdan qarzdorlik penyasi undirilmaydigan boʻldi

    Endilikda kichik va oʻrta biznesga qoʻshimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy eʼlon qilinadi.

    Hozirda barcha toifadagi tadbirkorlarga faoliyatini tugatish uchun bir xil talab belgilangan. Yaʼni, kattami-kichikmi, barchasi moliyaviy auditdan oʻtishga majbur. Oqibatda, ixtiyoriy tugatishga ariza bergan minglab kichik korxonalar qachon tekshiruvchi kelib, auditdan oʻtkazishini kutib turibdi.

    Shu bois bu jarayon ham soddalashishi eʼlon qilindi. Oxirgi uch yillik aylanmasi 10 milliard soʻmdan oshmagan, soliqdan qarzi boʻlmagan korxonani ixtiyoriy tugatishda tekshiruv oʻtkazilmaydi.

    2028-yil 1-yanvarga qadar QQS va foyda soligʻi stavkasi oshirilmasligi belgilab qoʻyilgan.

    «Endilikda kichik va oʻrta biznesga qoʻshimcha talab va majburiyat yuklaydigan normativ hujjatlar qabul qilishga ham uch yillik moratoriy eʼlon qilinadi.
    Fermerlar uchun ham muhim yangilik – soliqdan qarzini vaqtida toʻlay olmagani uchun shu paytgacha yigʻilib qolgan 1 trillion soʻmlik penyani undirishdan voz kechiladi«, — dedi Prezident.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech