Xabarda 2022-yilning 30-dekabr kuni Toshkent viloyati Bekobod tumani Sirdaryo daryosida fuqaro X.U tomonidan qushlar ovlangani va oʻljalar bilan bevosita boshqa fuqarolar bilan birgalikda sportchi F._Gʻoyibnazarov ham foto va videotasvirga tushganligi oʻz tasdigʻini topgani bildirilgan.
Oʻrganishlar davomida ovni amalga oshirgan fuqaro X.U ning ov qilishga tegishli hujjatlari mavjudligi, u ovchilik jamiyatidan roʻyxatdan oʻtganligi aniqlandi.
Biroq, u ov jarayonida belgilangan meʼyorlarga amal qilmagan holda ov qilish qoidalarini qoʻpol tarzda buzganligi va bu bilan tabiatga zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 90-moddasiga asosan, huquqbuzarga nisbatan jarima va hayvonot olamiga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanib, ov qurollari Toshkent viloyati Boʻka tumani IIBga belgilangan tartibda topshirildi.
Yuqoridagi holat yuzasidan barcha ishtirokchilardan bunday holat boshqa takrorlanmasligi toʻgʻrisida tushuntirish xatlari olinib, profilaktik suhbat oʻtkazildi.