Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2021-yildan buyon qidiruvda boʻlgan Babayans Robert Vladimirovich Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Istanbuldagi bosh konsulxona xabar berdi.
Qayd etilishicha, 38 yoshli erkak Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan.
Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan konsulxonaga yoki Oʻzbekiston IIV yoxud hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraldi.