Havo kemasi 1-mart kuni Olmaotadan yetib keldi. Anʼanaga koʻra, samolyot tantanali ravishda suvli arka bilan kutib olindi.

Taʼkidlash joizki, bu nafaqat “FlyArystan” aviakompaniyasining Namangan shahriga birinchi qatnovi, balki Olmaota — Namangan yoʻnalishi boʻyicha ham birinchi reys boʻldi. Yaqin oylarda qatnovlar charter asosida amalga oshiriladi va kelgusida, doimiy toʻliq yuklangan holatda ushbu yoʻnalishda muntazam reyslar yoʻlga qoʻyiladi.

Bortida 173 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Airbus A-320 samolyoti Namangandan Olmaotaga joʻnab ketdi.