Folklor jamoalar chiqishlari oʻzgacha kayfiyat ulashmoqda

    Madaniyat 7 May 2022 1961

    “Boysun bahori” xalqaro festivalida ishtirok etayotgan folklor jamoalari markaziy sahnada oʻz chiqishlari bilan bellashmoqda.

    Bellashuvda respublikamizning 14 ta, xorijiy davlatlarning 5 ta folklor jamoalari ishtirok etmoqda. Jumladan, Buyuk Britaniya, Fransiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston davlatlarining folklor jamoalari tashrif buyurishgan.

    Dastlab, bellashuvni Andijon viloyatining folklor jamoasi oʻziga xos milliy qoʻshiq va raqslari bilan boshlab berdi.

    Shuningdek, xalqaro folklor festivali doirasida sport va milliy oʻyinlar ham tashkil etilgan.

    Ayni vaqtda yoshlar kamondan oʻq otish, stol tennisi, voleybol kabi musobaqalarda ishtirok etib, oʻzlarining jismoniy qobiliyatlari va iqtidorlarini namoyish etishmoqda.

    Azimbek Samadov,

    “Yangi Oʻzbekiston” muxbiri.