Shu bilan birga, yoʻlovchilarni Fargʻona viloyatidan Andijon viloyatiga olib borish uchun avtobuslar ajratildi.
Taʼkidlash joizki, ushbu qoʻshimcha reyslar Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Turizmni yanada rivojlantirish, ichki turizm bozorini kengaytirish, turizm obyektlarini koʻpaytirish hamda muzeylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari”ga bagʻishlangan kengaytirilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash, hududlarda oʻtkazilayotgan ommaviy tadbirlarda sayyohlarga qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Turizm va madaniy meros vazirligi tashabbusi bilan yoʻlga qoʻyildi, deb xabar bermoqda Hudud Inform telegram kanali.