O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasida “Fol`ksvagen” engil tijorat avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari” to'g'risidagi qarori imzolandi.
Birinchi bosqichda:
- 2020-2021 yillarda Bozorni o'rganish hamda marketing tahlilini o'tkazish maqsadida “Fol`ksvagen” va “SHkoda” modelidagi tayyor avtomobillarni ichki bozorga etkazib berish;
- Yirik uzelli avtomobillarni yig'ish bo'yicha “Jizzax avtomobil` zavodi” MCHJ xodimlarini o'qitish;
- “Fol`ksvagen” keddi modelini yirik uzelli yig'ishni tashkil etish uchun butlovchi qismlarni etkazib berish;
- Mamlakat bo'ylab dilerlik tarmog'i va servis stantsiyalarini tashkil etish nazarda tutilgan.
Ikkinchi bosqichda 2020 yildan boshlab engil tijorat avtomobillarining zamonaviy modellarini ishlab chiqarishning to'liq tsikli o'zlashtiriladi.
2020 yil iyul` oyidan boshlab Qoraqalpog'iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahrida “Evro-5” standarti talablariga javob beradigan 40 dan ziyod AYOQSH faoliyati yo'lga qo'yiladi.
Ma'lumot uchun, 2019 yilda O'zbekistonda engil tijorat avtomobillari importi 132 mln AQSH dollari, ya'ni jami avtomobillar importining 33 % ni tashkil qilgan.
Germaniyaning “Volkswagen group” avtomobilsozlik kontserni 31 ta mamlakatda 122 ta zavodiga ega. 2019 yilda 11 mln avtomobilni savdoga chiqargan.