Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan shu yilning 14-15-sentyabr kunlari Xiva shahrida “Markaziy Osiyo dunyo sivilizatsiyalari chorrahasida” Xalqaro madaniyat forumi boʻlib oʻtishi belgilangandi. Forum doirasida bir qator madaniy tadbirlar oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan. Xususan, Xiva shahrida Turksoy tashkilotiga aʼzo davlatlar madaniyat vazirlarining majlisi ham boʻlib oʻtadi.
Xalqaro forumni yodda qolarli darajada tashkil qilish, yurtimizning koʻp asrlik madaniy merosi, sanʼat va milliy hunarmandchilik borasidagi anʼanalar bardavomligini tashrif buyuradigan mehmonlarga bor boʻyicha namoyish qilish maqsadida tayyorgarlik ishlari qizgʻin davom qilmoqda.
Bir soʻz bilan aytganda, qadim va hamisha navqiron Xiva mehmonlarni kutmoqda!