Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanida yashovchi 20 yoshli (ayol) Sh.A. ariza bilan murojaat qilib, noma'lum shaxs tomonidan qo'ng'iroq orqali tahdid qilinib, shaxsiy ma'lumotlarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilinayotganiligini ma'lum qilgan.

O'tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, tovlamachilik yo'li bilan Sh.A.ning pullarini o'zlashtirmoqchi bo'lgan qonunbuzar Qashqadaryo viloyati, Yakkabog' tumanida yashovchi 22 yoshli (erkak) B.H ekanligi aniqlangan.

Unga ko'ra (erkak) B.H., (ayol) Sh.A.ga qo'ng'iroq qilib, uning boshqalarga ko'rsatib bo'lmaydigan, uyatli foto va videotasvirlari mavjud ekanligi va ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik uchun 10.000.000 so'm miqdordagi pullarni talab qilgan va tezkor tadbirlar davomida B.H., kelishilgan pullarni olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo'lga olingan. 

B.H.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ishi qo'zg'atilgan.

Qonunga muvofiq, B.H. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.