Foydali qazilmalarni ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-984-son, 28.10.2024-y.) bilan ayrim kodekslarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

    Qonunga koʻra, Jinoyat kodeksiga foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olishni shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin takror sodir etganlik uchun, shuningdek foydali qazilmalarni oltin izlovchilar usulida ruxsatnomasiz qazib olganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Bundan tashqari, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek yer berish tartibini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzish yuzasidan ichki ishlar organlariga zarur vakolatlar berilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.