Tadbirda viloyat hokimining oʻrinbosari R.Qobilov, Oliy Majlis Senati aʼzosi F.Toshev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Oʻzbek xalq poeziyasining yorqin vakili ijodini abadiylashtirish maqsadida tashkil etilgan tadbir tuman markazidagi xiyobonda joylashgan Fozil Yoʻldosh oʻgʻli haykali poyiga gul qoʻyishdan boshlandi.