Uchrashuvda Aziz Voitov Fransiya uzumchilik sanoatida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, vazir bu borada kelgusi yillarda Oʻzbekiston iqlim sharoitida ham uzumchilikni rivojlantirish orqali yuqori sifatli vino mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha Fransiya tajribasi asosida yangi loyihalar amalga oshirilishini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, Fransiya toʻqimachilik va tikuvchilik sanoat-texnik markazi Bosh direktori Klariss Reyl toʻqimachilik-tikuvchilik hamda tikuv-trikotaj mahsulotlarini standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida amalga oshirayotgan ishlar boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etdi.
Bundan tashqari, Klariss Reyl Fransiya toʻqimachilik va tikuvchilik sanoat-texnik markazi bilan hamkorlikda ish olib borish mamlakatimiz uchun Yevropa bozorlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish imkoniyatlarini yanada oshirishini aytib oʻtdi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.
Uchrashuv yakunida vazir Aziz Voitov ushbu imkoniyatlardan toʻgʻri va samarali foydalanish hamda takliflar ishlab chiqish boʻyicha tegishli boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berdi.