Fransiya: suv toshqini tufayli ob-havo xavfining qizil darajasi e'lon qilindi

    Fransiya ob-havo xizmati mamlakatning ikki departamentida kuchli suv toshqini tufayli ob-havo xavfining qizil ogohlantirish darajasini e'lon qildi.

    Mahalliy daryo qirg'oqlaridan toshib chiqdi, aholini evakuatsiya qilish uchun yo'llarni to'sib qo'yishga to'g'ri keldi.

    Kot-d'Or va Ionn markaziy departamentlari uchun qizil daraja e'lon qilindi. Armanson daryosi qirg'oqlaridan toshib, mazkur hududlardan oqib o'tmoqda. Suv sathi 2013-yilgi suv toshqini darajasidan ham oshib ketdi. Suv sathi yana qancha ko'tarilishi noma'lum, deb xabar beradi mir24.tv.