Maʼlum qilinishicha, bungacha bunday cheklovlar faqat mamlakatning 19 ta departamentida amal qilayotgan edi.

Cheklovlarga koʻra, soat 19:00 dan boshlab barcha hududlarda komendantlik soati joriy qilinadi. Barcha ishchilar masofaviy tizimga oʻtkaziladi, bogʻchalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi, talabalar oliy taʼlim muassasalariga haftasiga faqat 1 marta borishi mumkin boʻladi.

Izolyatsiya joyidan 10 km uzoqlikda hech qanday sababsiz sayohat qilish taqiqlanadi.

Shuningdek, nooziq-ovqat doʻkonlari va restoranlar yopiladi. Faqat kitob doʻkonlari, musiqiy doʻkonlar va xoʻjalik mollari sotiladigan doʻkonlar bundan mustasno.