Fransiyalik 22 yoshli xaker 116-yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

    Xaker jinoyatlarni bir guruh shaxslar bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib sodir etgani uchun ayblov eʼlon qilingan.

    “ShinyHunters” xakerlar guruhi aʼzosi deb hisoblanayotgan 22 yoshli Fransiya fuqarosi AQSH qonunchiligiga muvofiq 116-yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

    “ShinyHunters” xakerlar guruhi 2020-yil boshidan AQSHning Vashington shtati va boshqa davlatlar yirik kompaniyalari maʼlumotlarini oʻgʻirlashda va ular orqali tovlamachilik qilishda ayblanib, guruh aʼzolari qidiruvga berilgan.

    Xaker jinoyatlarni bir guruh shaxslar bilan oʻzaro jinoiy til biriktirib sodir etgani uchun ayblov eʼlon qilingan.

    Unga AQSH qonunchiligiga muvofiq, kompyuter texnologiyalaridan foydalanib sodir etgan firibgarlik uchun 10 yil, elektron aloqa vositalaridan foydalangan holda firibgarlik sodir etganligi uchun 27 yil, elektron aloqa vositalaridan foydalanib, takroran firibgarlik sodir etganligi uchun 20 yil, yana 6 ta jinoyati uchun ayblovlar eʼlon qilinishi koʻrsatilgan.