Fransiyaning Total Energies kompaniyasi O‘zbekistonda yangi loyihalarni amalga oshiradi

    Biznes 8 Noyabr 2024 900

    2024-yil 7-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Fransiyaning Total Energies kompaniyasi ijrochi vitse-prezidenti Mariya Brauzek bilan uchrashdi.

    Muzokaralarda «Total Energies» kompaniyasining O‘zbekistondagi loyihalari hamda avval oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari muhokama etildi. Tomonlar neft-kimyo sanoati sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, muhokama etilgan loyiha va tashabbuslarni amalga oshirishni jadallashga kelishdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.