Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi.

Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etyapti.

Ularning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi. 

"Quvonarlisi, kuchli tarkib bilan ushbu turnirga jo‘nab ketgan terma jamoamiz 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi", deyiladi O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabarida.

Oltin medal:

Ulug‘bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
 Feruza Sadikova
Svetlana Osipova

Kumush medal:
Charos Qayumova

Bronza medal:
Nikita Rafalovich
Niyoz Po‘latov