Tabiat resurslari vazirligi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralari noqonuniy chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi huquqbuzarlikni tasvirga oldi. Bu haqida vazirlik rasmiy manbasi orqali xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, Yangibog' MFY hududida fuqaro F.S. davlat raqami “10 C 335 BA” bo'lgan “Damas” rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91PRIM 1-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzar o'zi tashlagan chiqindini o'zi tozaladi va 1 650 000 so'm miqdorida jarimaga tortildi.