Unda iste'molchi tumandagi “Do'stlik” MFY hududida “Rezanans business pluss” MCHJ tomonidan qurilayotgan ko'p qavatli uylardan birini sotib olish uchun boshlang'ich to'lov sifatida 25 million 125 ming so'm to'lagani aytadi. Biroq qurib bitkazilgan uy narxi shartnoma shartiga ko'ra belgilangan summadan oshib ketgani sababli qaytarib olishda amaliy yordam so'ragan.

Ushbu murojaat Federatsiyaning Chortoq tuman jamiyati mutaxasislari tomonidan o'rganilishi natijasida 25 million 125 ming so'm pul mablag'i murojaatchiga undirib berilishiga erishildi.

Yana bir murojaat Farg'ona viloyati Quvasoy shahrida yashovchi fuqaro Yu.M.dan kelgan bo'lib, u o'z murojaatida Quvasoy shahar gaz idorasiga to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirgan bo'lsada, uning xonadoniga nisbatan 2 million 669 ming 880 so'm miqdorida asossiz qarz majburiyatini yuklaganidan shikoyat qiladi. Iste'molchi bir necha marotaba gaz idorasiga murojaat qilsada hech qanday o'zgarish bo'lmaganini aytib o'tgan.

O'rganish jarayonida murojaatchi xonadoniga yangi gaz hisoblagich o'rnatilgani, iste'mol qilingan tabiiy gaz uchun to'lovlar yil davomida o'z vaqtida amalga oshirib kelingani va joriy yilning shu vaqtiga qadar bo'lgan qarzdorlik 78 ming so'mni tashkil etishi ma'lum bo'ldi.

O'rganish natijalari bilan oshiqcha hisoblangan qarzdorlik asossiz deb topilishiga, qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida iste'molchining real qarzdorligiga aniqlik kiritib berilishiga erishildi.