Mazkur qoidalar Agentlik direktorining 2026-yil 16-sentabrdagi 11-n-son buyruği bilan tasdiqlangan hamda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2026-yil 14-oktabrda 3953-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi aviatsiya qoidalari Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO)ning Xalqaro fuqaro aviatsiyasi töğrisidagi konvensiyasiga 8-ilovasi “Havo kemalarining uçişga yaroqliligi” doirasidagi xalqaro standartlar va tavsiya etilgan amaliyotlarning ahamiyatini inobatga olgan holda, fuqaro havo kemalarining uçişga yaroqliligini ta’minlaşga oid talablarni belgilaydi.

Yangi aviatsiya qoidalari fuqaro havo kemalarining uçişga yaroqliligini ta’minlaş tartibini belgilab, havo kemalarini sertifikatlaş, ularning uçişga yaroqliligini saqlaş hamda texnik xizmat körsatiş taşkilotlari faoliyatiga qöyiladigan talablarni qamrab oladi.

Hujjatda uçişga yaroqlilik sertifikatlarini beriş va tan oliş, havo kemalarining texnik holatini nazorat qiliş, uçişga yaroqlilikni saqlaşga oid majburiy ma’lumotlar bilan işlaş, şuningdek havo kemalariga texnik xizmat körsatiş taşkilotlarini sertifikatlaş masalalari belgilangan.

Şuningdek, texnik xizmat körsatiş taşkilotlarining faoliyatiga doir qöllanmalar, sifatni ta’minlaş tizimi, işlab çiqariş bazasi, xodimlarning malakasi va kasbiy tayyorgarligiga oid talablar nazarda tutilgan.

Mazkur qoidalarning joriy etilişi fuqaro aviatsiyasida havo kemalarining uçişga yaroqliligini ta’minlaşga doir talablarni tizimlaştiriş hamda parvozlar xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan me’yoriy-huquqiy asoslarni takomillaştirişga xizmat qiladi.

Qoidalar rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uç oy ötgaç, 2027-yil 16-yanvardan kuçga kiradi.