Unda tuman markazida joylashgan aviakassadan 5 million 300 ming so'm evaziga Samarqand-Sankt-Peterburg yo'nalishida uchish uchun chipta xarid qilgani, biroq uchish oldidan ro'yxatga olish jarayonida aeroport xodimlari bu fuqaroning chet elga chiqishga taqiqi borligini ma'lum qilgani aytiladi.

Shundan so'ng iste'molchi aviakassa xodimiga borib bilet uchun to'langan pullarni qaytarishini so'rab murojaat qilganida sotuvchi turli vajlar orqali aviabilet pullarini qaytarib berishdan bosh tortadi.

Murojaat Federatsiya mas'ullari tomonidan o'rganilishi natijasida iste'molchiga aviachipta uchun to'langan 5 million 300 ming so'm mablag' qaytarilishiga erishildi.

Yana bir murojaat Namangan viloyati Kosonsoy tuman “Tagijar” MFYda yashovchi fuqaro A.I. dan kelgan bo'lib, unda iste'molchi Kosonsoy tuman “A.Jomiy” MFYda joylashgan savdo do'konidan Redmi 9s telefonini kredit asosida 1 million 900 ming so'mga xarid qilgani, ammo bir oy o'tar o'tmas telefonda nuqson paydo bo'lgani, bu borada sotuvchiga bir necha marotaba almashtirib berishini so'rab murojaat qilgan bo'lsada hech qanday o'zgarish bo'lmagani bayon qilinadi.

Mazkur murojaat Federatsiyaning Kosonsoy tuman amiyati xodimlari tomonidan o'rganilishi natijasida, telefon apparati sifatli ta'mirlab berilishiga erishildi.