Mazkur holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, korxona rahbari ushbu xonadonlarni mijozlar nomiga rasmiylashtirib bo‘lmasligini bilsada, 6 nafar fuqaroning 838,6 mln so‘m va 14 400 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.