Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Boʻston tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.U. va boshqalar fuqaro S.T.ning ishonchiga kirib, uning Qirgʻiziston Respublikasi universitetidagi oʻqishini tanishlari yordamida Andijon davlat universitetiga koʻchirib berish evaziga 1 800 AQSH dollarini oʻzi faoliyat olib borayotgan “N.A.” MCHJ ishchisi M. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Shahrixon tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. fuqaro Q.Qni Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh davlat universitetidan Andijon davlat tibbiyot institutiga koʻchirib berish evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.