Tekshiruvda fuqaro Z.Ch. Qibray tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi lavozimida ishlagan davrida fuqaro S.G. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy davolanayotgan fuqaro V.ning Chirchiq shahri, 1-kichik tumanida joylashgan xonadonini 15.11.2019-yilda hujjatlarni soxtalashtirish yoʻli bilan sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.