51 ta davlat, 4 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi, 66 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritib, shu kunga qadar ularning umumiy qamrov koʻrsatkichi 78,5% ni tashkil etgan.

25-iyunda tumanda 25 ta yangi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari ishga tushirilib, bu koʻrsatkich 84,0% ga yetkazildi.

625 nafar bolalar oʻz bogʻchasiga ega boʻlib, yuz nafardan ortiq ishsiz aholining bandligi taʼminlandi.

Chirkay, Qulbobo, Kapa qishloqlaridagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining ochilishida bolajonlarga sovgʻalar tarqatildi, mehmonlar dilbandlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Mazkur oilaviy bogʻchalarda davlat standartlari asosida oʻgʻil-qizlarga taʼlim-tarbiya beriladi. Sogʻlom ovqatlanish jarayonlariga, chet tillarini oʻrgatish va sport toʻgaraklariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tumanda iyul oyida yana 12 ta oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tashkil etish, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʻttiz yillik bayrami kunlarida 150 oʻrinli davlat — xususiy sheriklik asosidagi yangi bogʻchani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Yil oxirigacha bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qamrab olish koʻrsatkichi 90 foizga yetkaziladi, deb xabar beradi Fargʻona viloyat hokimligi matbuot xizmati Furqat tumani hokimligi maʼlumotlari asosida.