Marosim Kuala-Lumpur shahridagi OFK qarorgohida onlayn tarzda oʻtkazildi.

Qurʼa tashlash marosimida jamoalar 8 ta guruhga boʻlindi. Mazkur bosqichda jami 31 ta jamoa ishtirok etadi (oxirgi guruhga 3 ta jamoa joylashadi). Guruh gʻoliblari va eng yaxshi ikkinchi oʻrinni egallagan yettita jamoa musobaqaning final bosqichiga yoʻl oladi.

Eslatib oʻtamiz, saralash bosqichi 2023-yil oktyabrida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston joylashgan guruh uchrashuvlari yurtimizda boʻlib oʻtadi.

“A” guruhi: Tailand, Turkmaniston, Gonkong, Xitoy

“B” guruhi: Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Afgʻoniston, Makao

“C” guruhi: Eron, Livan, Qirgʻiz Respublikasi, Maldiv orollari

“D” guruhi: Vyetnam, Koreya Respublikasi, Nepal, Mongoliya

“E” guruhi: Tojikiston, Myanma, Falastin, Hindiston

“F” guruhi: Kuvayt, Bahrayn, Sharqiy Timor, Bruney

“G” guruhi: Oʻzbekiston, Iroq, Malayziya, Kambodja

“H” guruhi: Yaponiya, Xitoy Taypey, Avstraliya.