Futzal boʻyicha 2024-yilgi Jahon chempionati Andijonda oʻtkazilishi mumkin

    Sport 29 Iyun 2023 1639

    Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

    Oʻzbekistonda oʻtkazilishi eʼlon qilingan chempionatning asosiy mezboni Andijon boʻlishi kutilmoqda.

    Hozirda viloyat rahbari Shuhratbek Abdurahmonov mazkur reja boʻyicha bir qancha harakatlarni amalga oshirmoqda.

    «Bunday nufuzli musobaqaning Andijonda oʻtkazilishi viloyatimizdagi futbol olamida juda katta oʻzgarishlarni amalga oshirishda navbatdagi asosiy qadam boʻla oladi», — deyiladi xabarda.