Futzal boʻyicha FIFA-2024 oʻyinlariga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi

    Sport 23 Aprel 2024 1062

    Futzal boʻyicha 2024-yilgi FIFA jahon chempionatiga Oʻzbekistonning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladi.

    Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal boʻyicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqa 14-sentyabrdan 6-oktyabrgacha davom etadi.

    24 ta ishtirokchi davlat: Angola, Argentina, Braziliya, Kosta-Rika, Xorvatiya, Kuba, Fransiya, Gvatemala, Qozogʻiston, Liviya, Marokash, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Panama, Paragvay, Portugaliya (amaldagi gʻolib), Ispaniya, Ukraina, Oʻzbekiston (mezbon sifatida), Venesuela va OFKdan yana 4 jamoa (ularning nomi 28-aprelgacha maʼlum boʻladi).

    Davlatlar jami oltita guruhga boʻlinadi. Har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga chiqadi. Shundan soʻng guruhdan chiqqan 16 ta jamoa chorak final, yarim final, uchinchi oʻrin uchun bahs va final oʻyinlarida ishtirok etadi.