Joriy yilning 27 sentyabridan 8 oktyabriga qadar Quvaytda futzal bo'yicha Osiyo kubogi bahslari bo'lib o'tadi.
O'zbekiston milliy jamoasi “B” guruhidan joy olgan bo'lib, keyingi bosqichga chiqish uchun Bahrayn, Tojikiston va Turkmaniston jamoalariga qarshi kurash olib boradi.
Ushbu chempionatga tayyorgarlikni davom ettirayotgan milliy jamoamiz kecha Quvaytda chempionat mezbonlariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi va 3:4 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoamiz gollarini ikki futzalchi Ixtiyor Ropiev va Anasxon Rahmatovlar kiritdi. Har ikki o'yinchi ham dublga erishdi.