Osiyo kubogining “B” guruhidan oʻrin olgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi 2-turda Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushdi va katta qiyinchilik bilan 3-2 hisobida gʻalabaga erishdi. Natijada Bahodir Ahmedov shogirdlari 6 ochko bilan guruhda yakkapeshqadamga aylandi va pley-offga 1-oʻrin bilan chiqishini kafolatladi.
Futzal. Osiyo kubogi
Tojikiston — Oʻzbekiston- 2:3
Gollar: Faizali Sardorov (dubl) — Elbek Toʻlqinov, Husniddin Nishonov, Anasxon Rahmatov.
Maʼlumot uchun: Osiyo kubogi “B” guruhidagi 2-turning dastlabki oʻyinida Turkmaniston va Bahrayn terma jamoalari 4-4 hisobidagi durangga imzo chekishdi.
Eslatib oʻtamiz, Osiyo kubogining 1-turida futzalchilarimiz Turkmaniston darvozasiga javobsiz 8 ta toʻp kiritishgan edi. 3-turda hamyurtlarimiz 1-oktyabr kuni Bahrayn terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.