Futzalchilarimiz oʻquv-mashgʻulot yigʻinini boshladi

    Ular Eron termasiga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazadi

    Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi bugun Toshkentda navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini boshladi. Ular yigʻinning ikkinchi qismini Tehronda davom ettiradi.

    OʻFA matbuot xizmati xabariga qaraganda, Bahodir Ahmedov shogirdlari yigʻin doirasida Eron futzal milliy jamoasiga qarshi ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi. Bahslar 16 va 18-aprel kunlari boʻlib oʻtadi.