Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilish kerakligini maʼlum qildi.
– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
– elektr va gaz vositalarini oʻchirish;
– koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
– koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;
– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yerosti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;
– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
– kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
Shuningdek, vazirlik haydovchilarga avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etgan.