Favqulodda vaziyatlar vazirligi kuchli shamol vaqtida quyidagi xavfsizlik choralariga amal qilish kerakligini maʼlum qildi.

– yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;

– elektr va gaz vositalarini oʻchirish;

– koʻchalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;

– koʻp qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qoʻyish yoki mustahkamligini tekshirish;

– shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yerosti oʻtish yoʻllari va boshqa yashirinish mumkin boʻlgan joylarda muhofazalanish;

– ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;

– buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;

– kuchli shamoldan soʻng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shuningdek, vazirlik haydovchilarga avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslikni tavsiya etgan.