Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning Shahrisabz shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda,

Fuqaro O.I. “A.” ismli qiz bilan gaplashib yurib, uning shaxsiy foto suratlarini qoʻlga kiritadi. Yigit suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborish bilan qizni qoʻrqitib, evaziga undan 5 000 AQSH dollari talab qiladi. Uddaburon yigit kelishilgan pulning 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) va 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.