Olib borilgan bir qator tahlillar natijasida, joriy yilning 12-iyunida ushbu quduq tubidagi 4154-4059 metr oraliqlarda aniqlangan quyi yura qatlamlarini mahsuldorlikka sinash natijasida tabiiy gazning sanoat ahamiyatiga ega oqimlarini olishga erishildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, yangi quduqdan olinayotgan mahsulotning hajmi kunlik 700-800 ming kub metrni tashkil qilmoqda. Yakuniy raqamlarga esa hozirda tegishli tadqiqot institutlari tomonidan olib borilayotgan tahlillar natijasida aniqlik kiritiladi.

“Gʻarbiy Quyi Surgil” konining hozirda mavjud uglevodorod xom ashyosi resurslari 7,5 mlrd kub metr tabiiy gaz hamda 265 ming tonna gazkondensati mahsulotlarini tashkil qiladi.

Hozirda “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan ushbu kondagi ishlarni amalga oshirishda Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tarkibidagi tashkilotlar hamda “Ustyurt qidiruv burgʻilash boshqarmasi”ning yosh va malakali kadrlardan iborat mahalliy tashkilotlar bilan yoʻlga qoʻyilgan.

“Oʻzbekneftgaz” AJ mutaxassislari tomonidan keyingi yangi quduqni burgʻilash nuqtasini aniqlash boʻyicha qoʻshimcha oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Yuqorida qayd etilganlardan tashqari “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Ustyurt regionida neft va gaz geologiya qidiruv ishlarini kengaytirish va jadallashtirish, yangi maydonlarni aniqlash hamda 4500 metrdan ortiq chuqurliklarda joylashgan istiqbollarni oʻzlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Respublikaning istiqbolli hududlarida yangi konlarni ochish hamda uglevodorod zahiralarini koʻpaytirishga qaratilgan neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish davom etmoqda.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati