Bu haqda tibbiyot fanlari nomzodi, gastroenterolog Sergey Vyalov aytib o'tdi.
“Oqsillar, yog'lar, uglevodlar ovqat hazm qilish tizimining yuqori qismlarida deyarli to'liq so'riladi, ichaklarda esa faqat o'simliklardan olingan ozuqa tolalari qoladi”, — deb yozdi shifokor Telegramda.
Vyalovning qo'shimcha qilishicha, ichaklarning me'yorda ishlashi uchun sabzavotlarda mavjud bo'lgan ozuqa tolalari kerak. Ayniqsa, ko'p miqdorda qovurilgan go'sht iste'mol qilish va yetarli darajada ko'kat iste'mol qilmaslik salomatlik uchun xavflidir.
Bir joyda uzoq vaqt o'tirish va doimiy stress ham saraton xavfini kuchaytiradi, deb xabar beradi mir24.tv.









