Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Sh.Ch. “E.D.” MCHJning gaz kondensatini oʻgʻrilik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, “Qamashi” MFY hududidan 7,6 tonna gaz kondensati, 51 dona toʻq qora suyuqlik toʻkilgan yelim idishlar, 320 metr temir quvur va yuqori bosimga moʻljallangan rezina shlanklar tegishli tartibda ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.