Tekshiruvda “A.” MCHJ mansabdor shaxslari jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz quyish shahobchasiga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich trubkasiga muhr oʻrnatmasdan gaz sarfini nolga tushirib foydalanib kelingani oqibatida “Arnasoy tumangaz” gaz filiali manfaatlariga 459,6 mln soʻm zarar yetkazilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.