Joriy yilning 27 oktyabr` kuni Sankt-Peterburgda “Gazprom” Boshqaruvi raisi Aleksey Miller va O'zbekiston Respublikasi energetika vaziri Alisher Sultonov, “O'zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev, “O'ztransgaz” AJ Boshqaruvi raisi Behzot Narmatov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Unda tomonlar energetika sohasidagi hamkorlikdan mamnun ekanliklarini bildirdilar, hamkorlikning hozirgi va istiqbolli masalalarini, shu jumladan, Respublika konlarida gaz qazib olish bo'yicha qo'shma loyihalarni muhokama qildilar.

SHuningdek, O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo'mitasi va “Gazprom” AJ o'rtasida imzolanishi rejalashtirilgan Strategik sheriklik to'g'risidagi bitim doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

“Gazprom”ning O'zbekistondagi asosiy hamkori – neft` va gazni qidirish, qazib olish, qayta ishlash, tashish, saqlash va sotish bilan shug'ullanuvchi “O'zbekneftgaz” AJ hisoblanadi.

2017 yilda “Gazprom” va “O'zbekneftgaz” o'rtasida strategik hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolangan edi.

2018 yilning may oyida “Gazprom” va “O'zbekneftgaz” o'rtasida “SHaxpaxta” konini o'zlashtirish bo'yicha Mahsulotni taqsimlash to'g'risidagi №2 bitimga asosan qo'shimcha kelishuv imzolangan edi. Hujjatda gazni qazib olish 2024 yilgacha davom ettirish nazarda tutilgan.

O'zbekistonda “Gazprom”ning faoliyatini “Gazprom EP International B.V.” – “Gazprom” AJning uglevodorod konlarini qidirish, qidirish va o'zlashtirish sohasida xorijiy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha ixtisoslashgan kompaniyasi amalga oshiradi. 2018 yilning oktyabr` oyida “Gazprom EP International” va O'zbekiston Respublikasi energetika vazirligi o'rtasida “Jel” koni bo'yicha Mahsulotni taqsimlash to'g'risidagi bitim imzolangan edi.

“O'zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati