Shu munosabat bilan xorijdagi ish beruvchilar talabi asosida 5 ming yoshlarni davlat va xususiy markazlarda kasb va tilga oʻqitish, 1 ming nafar oʻrta tibbiyot xodimini Germaniyaga maqsadli tayyorlash muhimligi qayd etildi.
Iqtisodiyot va moliya, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirliklariga chet tili sertifikati olgan yoshlarga oʻqish xarajatini 50 foizgacha qoplashni yoʻlga qoʻyish, nemis va fransuz tili boʻyicha B-2 sertifikatini olgan har bir oʻquvchi uchun xususiy oʻquv markazlarini subsidiyalash tartibini joriy etish topshirildi.
Raqamlashtirish vazirligiga viloyat IT eksportini 50 million dollarga yetkazib, kamida 1 ming nafar dasturchiga xalqaro bozorga chiqishga koʻmaklashish vazifasi qoʻyildi.