Gimnastika markazlarining asosiy vazifalari belgilandi

    Sport 19 Iyun 2023 1661

    Gimnastika markazlarining oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

    “Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tabirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (249-son, 17.06.2023-y.) qabul qilindi

    Prezident qarori bilan Nukus, Samarqand va Fargʻona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilishi belgilangan.

    Mazkur Gimnastika markazlari ixtisoslashtirilgan davlat sport-taʼlim muassasasi hisoblanib, gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga ega boʻladi.

    Ushbu Gimnastika markazlari oʻz faoliyatini 2024/2025 oʻquv yilidan boshlaydi.

    Oʻquvchilarning umumiy kontingenti jami 132 nafarni tashkil etib, ular 1–11-sinf oʻquvchilaridan iborat boʻladi.

    Gimnastika markazlarining 1-sinfiga gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablarida shugʻullangan, yuqori iqtidorga ega va oʻqish istagini bildirgan oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

    Oʻquvchilar ularga eng yaqin joylashgan maktablarda umumtaʼlim dasturlari boʻyicha oʻqitiladi.

    Gimnastika markazlarining oʻquv dasturini oʻzlashtirgan va yakuniy davlat attestatsiyasidan oʻtgan 11-sinf bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom beriladi.

    Mazkur diplom berilgan mutaxassislik (trener, trener-seleksioner) boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirish yoki taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish huquqini beradi.