Gimnastikachi qizlarimizdan yana bir tarixiy natija

    Sport 18 Aprel 2021 1581

    Badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining Jahon kubogidagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Qizlarimiz bugungi dasturda ham ajoyib natijalarni koʻrsatishdi.

    Guruh mashqlarining 5 ta toʻp bilan oʻtkazilgan dasturida jamoamiz 40.95 ball bilan birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Kun davomida Yekaterina Pirojkova boshchiligidagi qizlarimiz 3 halqa va 2 bulavada kechgan dasturda ham oʻz mahoratlarini namoyish qilishdi. Qizlarimiz mazkur dasturda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritib, jamoamizning ushbu yoʻnalishdagi tarixiy natijalardan biriga erishdi. Qayd etish joiz, qizlarimiz guruh mashqlarida Jahon kuboklarida hech qachon bunday muvaffaqiyatli ishtirok etishmagan edi.

    Shu tariqa jamoamizning Jahon kubogida qoʻlga kiritgan medallari 2 ta oltin va 1 ta kumushni tashkil etmoqda. Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoamizni oldinda turgan masʼuliyatli musobaqalarda ham mana shunday omadli ishtirok etishini tilab qoladi. Yangi Oʻzbekistonga yangi gʻalabalar!