Qayd etilishicha, final bahslarining ikkinchi kungi bellashuvlarida ham Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor boʻlishdi.

Oltin medal:

  • Ahrorxon Temirxonov (parallel brus)
  • Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash)

Kumush medal:

  • Odinaxon Robijonova (toʻsin)

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 4 tadan oltin va kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.